Navoiylik muxlislar Toshkentda Qizilqumni qo'llab-quvvatlashadi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2016, 11:29
Qisqa tanaffusdan so'ng, bugun milliy chempionatimiz oliy liga jamoalari 11-tur bahslarini o'tkazadi. Navoiyning Qizilqum futbolchilari mazkur turda Toshkentda Bunyodkor jamoasi mehmoni bo'ladi.

Qizilqum PFK Muxlislar klubi a'zolari ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Navoiylik ishqibozlar  Bunyodkor - Qizilqum o'yinini Toshkentdagi Bunyodkor stadionida kuzatib borishga qaror qilishgan.

- Bugun azonda Navoiy shahridan yuz nafardan ziyod muxlis Toshkent sari yo'lga otlandik, - deydi Qizilqum PFK Muxlislar klubi rahbari Shahriddin Ishnazarov. - Bugun Yevropada katta futbol bayrami boshlanmoqda. Sevimli jamoamiz Qizilqum poytaxtda Bunyodkor futbolchilari mehmoni bo'lishadi. Ishonamizki, futbolchilarimiz mehmonda o'ynashiga qaramay chiroyli futbol namoyish etib, biz ishqibozlarni xursand qilishadi. Toshkentdagi uchrashuv davomida ayni paytda poytaxtimizda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan navoiyliklar ham safimizga qo'shilishadi. Bir so'z bilan aytganda, biz bugun Qizilqumni yolg'izlatib qo'ymaymiz, muxlislarimiz o'z jamoasi g'alabasiga ishonadilar.

Murojaat uchun telefon: +998913333773. Shahriddin Ishnazarov.

Eslatib o'tamiz, Bunyodkor - Qizilqum jamoalari uchrashuvi bugun, yani, 10 iyun kuni soat 19.00 da boshlanadi. O'yin Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz