FAKT. "Navbahor" "Qo'qon-1912"ni safarda beshta o'yindan beri yuta olmayapti

Aslanov Jasurbek
1 avg 2021, 14:12
Bugun Yaypanda Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Biz esa ushbu bahsga doir qiziqarli fakt va ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz. Viktor Jalilov boshchiligidagi "Navbahor" jamoasi besh o'yindirki, safarda "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatga uchrata olayotgani yo'q. "Lochinlar" Superliga doirasida so'nggi bor 2015 yilgi mavsumning 11-turida mehmonda "Qo'qon-1912" maydonida uch ochko olishni uddasidan chiqa olgandi. 


31.05.2015. 11-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 0:1

01.10.2016. 24-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1

21.10.2017. 25 -tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 2:0

31.03.2018. 4-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:0

01.12.2019. 26-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1

03.12.2020. 26-tur. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1


QO'QON-1912 – NAVBAHOR

1 avgust 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 20:00

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Eslatib o'tib joiz, mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yil 5 iyul sanasidagi e'lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo'yicha musobaqalarni muxlislarsiz o'tkazish bo'yicha qarori asosida O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o'tkaziladi.  

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia