"Navbahor", "Neftchi" va "Paxtakor" 730-uchrashuv ostonasida

Narzulla Saydullayev
22 avg 2016, 15:27
"Navbahor” jamoasi oliy ligadagi 730-uchrashuvini o'tkazish arafasida turibdi. 25 avgust kuni "Sho'rtan"ga qarshi uchrashuv jamoaning 730-uchrashuvi bo'ladi.

"Navbahor" singari "Neftchi" va "Paxtakor" ham 20-turda 730-uchrashuvini o'tkazadi. Oliy ligada faqatgina ushbu uchta jamoa uzluksiz ravishda ishtirok etib kelmoqda.

"Navbahor" hozirgacha o'tkazilgan 729 uchrashuvda 1195 ochko jamg'arishga erishgan. "Mashal" ustidan qozonilgan g'alaba "Navbahor"ning 353-g'alabasi sifatida tarixga kirdi.

Bo'lib o'tgan 729 uchrashuvdan 242 tasida mag'lubiyat va 136 tasida "Navbahor" durang qayd etgan. To'plar nisbati 1265-881.

Oliy liganing umumiy jadvalida "Navbahor"dan oldin "Paxtakor" hamda "Neftchi" jamoalari joylashgan. "Paxtakor" hisobida 1607 ochko mavjud bo'lsa, "Neftchi" klubi 1486 ochko to'plagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lochinlar.uz