"Navbahor-farm" yarim himoyachisi "Qo'qon-1912" bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2022, 11:13
"Qo'qon-1912" futbol klubi o'z safini yana bir yosh iqtidorli futbolchi bilan to'ldirdi.

Qanot vingeri bo'lgan Diyorbek Jaloliddinov "Qo'qon-1912" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Jaloliddinov 2002 yilda Namangan viloyatining To'raqo'rg'on shahrida tug'ilgan. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi. Diyorbek o'tgan mavsumni "Navbahor-farm" jamoasi safida o'tkazgan.
Diyorbek Jaloliddinovning jamoamizdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia