Nazorat uchrashuvi. "Navbahor" "Andijon"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2021, 13:52
Namangandagi "Yosh kuch" stadionida "Navbahor" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasida nazorat o'yini bo'lib o'tdi.

 

O'yinning 45-daqiqasida jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni himoyachilar qaytardi, qaytgan to'pga Aziz Turg'unboev aniq zarab berib darvozamizni ishg'ol qildi - 1:0. 

Ikkinchi taym oxirida "Lochinlar" ikkinchi golni urishdi, Husayin Ergashboev to'p kiritdi - 2:0.


"Navbahor" - "Andijon" 2:0

Gollar: Aziz Turg'unboev 45, - 1:0. Husayin Ergashboev 90, - 2:0.

"Andijon": Javoxir Qilichev, Jasur Raximov, Usmonali Ismonaliev, Mirkomil Lokaev, Abduvoxid G'ulomov, Baxtiyor Qosimov, Kamron Saidazimov, Sunnatilla Mamadaliev, Doniyor Abdumannopov, Abdug'ani Kamolov, Jamshid Homidov
Zaxira: Jasur Umirzoqov, Kamron Najafaliev, Ibrohim Otaxonov, Ibrohim Turg'unboev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Dilshod Baratov, Davron Farxodov, Muhammadkarim Toirov, Farxod Soxibjonov

"Navbahor": tarkib e'lon qilinmadi



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia