"Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyingi murabbiylar fikrlari

Narzulla Saydullayev
26 avg 2013, 22:54
"Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan so'ng
Davron Fayziev, So'g'diyona bosh murabbiyi:
Bugun shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Nasaf oliy ligadagi yetakchi jamoalardan biri. Ularga qarshi o'ynash oson bo'lmasligini bilardik. Dastlab hisobni ochsakda, uni saqlab qolishga erisholmadik. Qarshiliklarning qanotlardan uyushtirgan hujumlari ancha xavfli bo'ldi. Shuhrat Muhammadiev o'zini ijobiy tomonlarini ko'rsata oldi. Albatta, mag'lub bo'lish hech kimga yoqmaydi. Biz faqat uyda ochko jamg'arayapmiz, safarda esa omadimiz kelmayapti.

Ro'ziqul Berdiev, Nasaf bosh murabbiyi: Bugun biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. Paxtakorga qarshi kechgan og'ir o'yindan keyin yigitlar tiklanishlari qiyin kechdi. Shu sababli kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilarimizga imkon berdik. Ular birdan jamoaga kirishib ketishlari qiyin kechdi. Shunga qaramay uch ochkoni qo'lga kiritdik. 26 kun ichida 6 ta muhim va qiyin bellashuvni o'tkazdik. O'ylaymanki, turlar oralig'idagi tanaffusda jamoamiz har tomonlama o'zini tiklab olishga ulguradi.


Xabar "Nasaf" FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz