"Nasaf" prezidenti Shuhrat Aslanov: "Chempionlikni osonlikcha berib qo'ymaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2022, 20:28
O'zbekiston kubogi finalida "Navbahor"dan ustun kelgan "Nasaf" klubi prezidenti Shuhrat Aslanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hissiyotlar ajoyib. Uzoq mashaqqatli yo'lni bosib o'tdik. 2018 yil to'liq akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga asoslangan jamoa tuzildi. Sabr qildik. Muxlislarga, bizni qo'llab-quvvatlagan viloyat hokimiyatiga, "O'zbekneftgaz" rahbariyatiga rahmat aytaman. Ketma-ket ikkinchi yil kubokda g'olib chiqdik. O'ylaymanki, chempionlikni osonlikcha berib qo'ymaymiz",- deydi Shuhrat Aslanov.

- Bugun "Nasaf"da 8 nafar akademiya tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi. Bu jarayon keyingi yil ham davom etadimi?

- Albatta. Mana bugun zaxiradan maydonga tushgan futbolchimiz o'yinga katta ta’sir qila oldi. Bizda iqtidorli yosh futbolchilar juda ko'p. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa yoshlarga ishonishda davom etadi.  O'ylaymanki, chempionlik uchun barcha jamoalar teng imkoniyatga ega bo'lib turibdi. "Nasaf"da imkoniyat yuqori va jamoa bundan unumli foydalanadi, degan umiddaman.  

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia