"Nasaf" PFK matbuot xizmati: Jurnalistlar diqqatiga!

13 mar 2014, 06:00
“Nasaf” futbol klubi yangi futbol mavsumi boshlanishi oldidan jamoa safiga qo'shilgan yangi futbolchilarini tanishtiruv marosimini o'tkazadi.

Nihoyat yurtimizga futbol bahori ham kirib keldi. Futbol ishqibozlarining orziqib kutgan yangi futbol mavsumi boshlanish arafasida. Qarshining “Nasaf” futbol klubi ham o'z ananasiga sodiq qolgan holda yangi futbol mavsumi boshlanishi oldidan jamoa safiga qo'shilgan yangi futbolchilarini tanishtiruv marosimini o'tkazadi.

13 mart payshanba kuni “Markaziy” stadiondagi matbuot anjumanlari zalida  “Nasaf” jamoasi safiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish bilan birga klub bosh menedjeri – Shamil Yarulin va jamoa bosh murabbiyi – Ro'ziqul Berdiev ishtirokida katta matbuot anjumani ham o'tkazishadi. Jurnalistlar ushbu anjumanda klub va jamoaga oid yangiliklardan boxabar bo'lish bilan birga o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar ham olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu marosim yakuniga etgach ishtirokchilar “Markaziy” stadiondagi o'zgarishlarni ko'zdan kechirishlari bilan birga futbolchilarni fotosessiyasini (suratga tushish) ham kuzatishlari mumkin.
Shundan so'ng “Nasaf” jamoasi ishtirokchilar huzurida ko'rgazmali mashg'ulotini ham o'tkazishadi.

Marosim 13 mart, payshanba kuni soat 15:00 da “Markaziy” stadiondagi matbuot anjumani zalida o'tkaziladi.
Tadbirimizga barcha jurnalistlarni taklif etamiz.
“Nasaf” PFK matbuot xizmati



Manba: voha.uz