“Nasaf” mashg'ulotlarni boshladi

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2022, 09:00
“Ajdarlar” bugundan boshlab Qarshidagi qarorgohlarida yig'ilishdi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.

O'zingizga ma'lum, O'zbekiston milliy TJning Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun jamoaning to'qqiz nafar futbolchisi jalb etilgan. Bular: Umidjon Ergashev, Umar Eshmurodov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Abubakr-Rizo Turdialiev, Oybek Bozorov, Husayn Norchaevlardir.

OFK Kubogi doirasida Hong Kongning “Lee Man” jamoasiga qarshi bellashuvda jarohat olgan Husniddin Aliqulov ham milliy terma jamoa safida tiklanish mashg'ulotlarini olib boradi. Futbolchilar bugun milliy terma jamoa lageriga borib qo'shilgan va tibbiy ko'rikdan o'tishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Насаф" ФК матбуот хизмати