“Nasaf”- “Lokomotiv” uchrashuvi “Sport” kanali orqali namoyish etiladi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2015, 15:31
O'zbekiston kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi “Sport” teleradiokanali orqali yozib olingan holda namoyish etiladi.

“Sport” TVning Qashqadaryo viloyati bo'yicha muxbiri Zafar Jo'raevning ma'lum qilishicha, uchrashuvni tasvirga oluvchi texnik guruh a'zolari bugun Qarshi shahriga tashrif buyurishadi.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Lokomotiv” bahsi 12 avgust kuni soat 19:30 da Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda boshlanadi. Uchrashuv 12 avgust kuni soat 22:10 dan boshlab “Sport” telekanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz