

“Sport” TVning Qashqadaryo viloyati bo'yicha muxbiri Zafar Jo'raevning ma'lum qilishicha, uchrashuvni tasvirga oluvchi texnik guruh a'zolari bugun Qarshi shahriga tashrif buyurishadi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Lokomotiv” bahsi 12 avgust kuni soat 19:30 da Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda boshlanadi. Uchrashuv 12 avgust kuni soat 22:10 dan boshlab “Sport” telekanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.



