"Nasaf" - "Lokomotiv". Jamoalar stadionga yetib kelishdi (FOTO)

12 avg 2015, 18:39
Bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionda O'zbekiston Kubogining yarim final doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Har ikkala jamoa vakillari o'yinga bir yarim soat vaqt qolganida "Markaziy" o'yingohga yetib kelishdi.

Shuni qayd etib o'tish lozimki, mahalliy ishqibozlar stadionga kirishni boshlab yuborishgan. Chiptalar sotuvi ham davom etmoqda. Bugungi o'yinga taxminan 9-10 ming muxlis kelishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia