
Nazorat uchrashuvida jamoaning raqibi Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Ekaterinburg shahrining “Ural” jamoasi bo'ladi.
“Ural” jamoasi 2013 yildan yana RPLda ishtirok etmoqda. Kuni kecha “Ural” klubi Abu-Dabi shahrida Moskvaning “Spartak” klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarni jamoaning vengriyalik legioneri Vladimir Koman 21-daqiqada va jamoa to'purari Spartak Gogniev 60-daqiqada penaltidan kiritgan.
Jamoada Zabolotnyy, Novikov, Xozin, Belozerov, Dancev, Lungu Chisamba (Zambiya), Gorbanec, Fidler, Gerson Asevedo (Chili), Berxamov, Vladimir Koman (Vengriiya), Dorojkin, Eroxin, Bochkov, Gogniev, Stavpec kabi o'yinchilar faoliyat olib borishmoqda. Darvozabon Nikolay Zabolotnyy yaqinda Moskvaning “Spartak” jamoasidan “Ural” safiga kelib qo'shilgan.
“Ural” jamoasi RPL birinchi davrasidan so'ng 19 o'yinda 12 ochko to'plab, turnir jadvalining 15-pog'onasini band etib turibdi. Eslatib o'tamiz RPLda 16 jamoa ishtirok etadi.
“Nasaf”ning bugungi nazorat uchrashuvi BAA yig'inidagi yagona uchrashuv bo'ladi. Jamoa vakillari BAAdagi yig'inni 5 fevral kuni yakunlashadi va 6 feral kuni u yerdan Doha shahriga, “Al-Jayish”ga qarshi OCHL-2014 pley-off uchrashvini o'tkazish uchun jo'nab ketishadi.