

Ayni damda italiyaliklarning yangi mavsumda barcha musobaqalardagi mag'lubiyatsiz seriyasi 13 ta uchrashuvni tashkil qiladi.
Kecha "Napoli" "Ayaks"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi.
Umuman olganda, neapolitanlar Chempionlar Ligasi doirasidagi 4 o'yinda 17 ta gol urib, 4 ta gol o'tkazib yuborishgan.
"Napoli"ning barcha musobaqalar bo'yicha 13 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi 11 g'alaba va 2 durangdan iborat. Umumiy hisobda jamoa raqiblar darvozasiga 39 ta to'p kiritgan.



