
“Napoli” 5 million evro evaziga 22 yoshli braziliyalik futbolchini yarim huquqini sotib oladi. 18 oy ichida esa klub futbolchining qolgan yarim transferi uchun yana 5 million evro berib uni to'liq o'z safiga qo'shib olish bo'yicha bir qarorga kelishi kerak.
Ta'kidlab o'tamiz, “Napoli” xohlagan paytda Jorjinoni tibbiy ko'rikdan o'tkazishi mumkin bo'lsada,lekin o'yinchining o'zi klubini tark etish bo'yicha hali bir qarorga kelmagan.