"Napoli" qishda "Arsenal" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
24 dek 2019, 15:27
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Napoli"ga o'tishga yaqin.

23 yoshli urugvaylik futbolchi neapolliklar uchun asosiy maqsad bo'lib turibdi. Bitimga londonliklar himoyachisi Sead Kolashinac ham qo'shilishi mumkin.

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis va murabbiy Jennaro Gattuzo "Arsenal"dan Torreyraning transferi haqida gaplashib olishgan.

Torreyra joriy mavsum APLda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport