"Napoli" hafta so'ngiga qadar "Chelsi" futbolchini ijaraga oladi

Alisher
1 avg 2022, 17:17
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga ushbu haftada "Napoli"ga ijara asosida o'tishni yakunlash uchun Neapolga uchadi.

Kepa doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish va Ispaniya terma jamoasi tarkibida Qatardagi JCHga yo'l olishni xohlamoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" Arrisabalaga "Napoli"da o'ynayotganida, uning 75% maoshini to'laydi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Chelsi"ga 2018 yilning yozida "Atletik"dan 80 million evro evaziga o'tgan holda, dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Il Corriere dello Sport