​"Napoli" futbolchisi agenti: "50 million evro? U 60 million evroga ham munosib"

19 noya 2018, 22:55
"Napoli" himoyachisi Xyusay Elseidning agenti futbolchining transfer qiymati haqida fikr bildirdi.

"50 million evro? U 60 million evroga ham munosib. Xyusay Elseidning o'yinlariga e'tibor bersangiz bunga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Unga "Chelsi"dan qiziqish bo'layotgani bor gap. Xyusay jismoniy jihatdan baquvvat va top klublarga yarashadigan futbolchi. Aynan "'aristokratlar" ham shuni inobatga olgan ko'rinadi" - deya albaniyalik futbolchining agenti fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli himoyachi "Napoli" safida 2015 yildan beri harakat qilmoqda va barcha musobaqalarni hisobga olsak, Italiya klubi tarkibida 148 uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: squawka.com