Xyusay "Roma"ga o'tishga yaqin

Alisher
4 dek 2020
"Napoli" himoyachisi Elseid Xyusay qishki transferlar oynasida klubdan kyetishi mumkin.

26 yoshli albaniyalik futbolchi uchun "Roma" davogarlik qilmoqda. Rimliklar o'tgan yozda ham o'yinchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishgan edi, ammo neapolliklar o'shanda muzokaralar o'tkazishdan bosh tortishgandi.

Elseid Xyusay joriy mavsum A Seriya doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, o'ng qanot himoyachisi "Napoli"ga 2015 yilda "Empoli"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: CalcioMercato