"Lacio" kelasi hafta Xyusayning transferini e'lon qiladi

Alisher
10 iyul 2021
Himoyachi Elseid Xyusay "Lacio" bilan shartnoma imzolaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Rim klubi kelasi hafta 27 yoshli albaniyalik futbolchining transferini e'lon qiladi. O'yinchining shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallanadi.

Xyusay 2015-2021 yillar davomida "Napoli"da o'ynadi. 30 iyunda uning neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi.

Futbolchi o'tgan mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira