“Napoli” yetakchi yarim himoyachi bilan kelishuvni uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 00:55
Italiyaning “Napoli” klubi rahbariyati yaqin kunlarda jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri Allan bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.

Allanning agenti Gustavo Arribalsning neapolliklarning YCHL doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan o'yiniga tashrif buyuradi va klub rahbariyati bilan muzokaralarni boshlaydi.

Xavbekning hozirgi shartnomasi 2019 yilning yozida yakunlanadi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda Italiya A Seriyasining hozirgacha o'tkazilgan barcha 14 ta uchrashuvida maydonga tushgan. YCHLda esa 8 ta o'yinda ishtirok etgan va 2 ta gol kiritgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif