"Napoli" "Brayton" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
7 iyun 2022, 13:22
"Napoli" "Brayton" himoyachisi Leo Ostigardning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, neapolliklar 22 yoshli norvegiyalik uchun 3 mln evro taklif qilishmoqda. Angliya klubi futbolchi uchun ko'proq xohlamoqda, ammo "Napoli" transfer borasida kelishuvga erishishiga ishonmoqda.

Ostigard 2022 yilning yanvaridan beri "Jenoa"da ijara asosida o'ynamoqda. U jamoa tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt o'yinchini 4 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano