Nainggolan va "Inter" kelishib oldi

Mirjalol Normatov
10 fev 2019, 18:12
"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolan asosiy e'tiborini klubiga qaratishini aytib o'tdi.

"Har doim maydonda borimni berishga harakat qilaman. Biroq hayotimning borishi biroz boshqacharoq bo'lganligi tufayli 100 foiz kuchimni sarflay olmayman. Shu boisdan "Inter" rahbarlari bilan kelishib oldim. Xalqning oldida buni batafsil gapira olmayman. Biroq o'zimni yig'ishtirib olishga so'z beraman. Ikkinchi imkoniyatni taqdim qilayotgani uchun klubdagilarga rahmat aytaman", - dedi Nainggolan.

Oldinroq Nainggolan o'zining tutishi tufayli asosiy tarkib mashg'ulotlaridan chetlatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports