

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosni o'z jamoasida ko'rmoqchi, deb xabar berdi "Relevo". Bu haqda u allaqachon klub rahbariyatiga aytgan.

Sebalosning transferi "Bavariya" uchun tekinga tushadi, chunki Dani yozda erkin agentga aylanadi. "Real" Sebalosga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgan bir paytda 26 yoshli yarim himoyachini qo'lga kiritish oson bo'lmaydi.



