

“Kosta-Rikaga qarshi o'yindan keyin g'azablandim, bu juda qayg'uli lahza edi. Keyin men termadan ketish haqida o'yladim va Xans Flik bilan fikr almashdim. Professional futbolchi ekanman, terma jamoa uchun maydonga tushishga doim tayyorman.
Agar murabbiy shuni xohlasa, mendan qachon va qanday foydalanishni hal qilishi lozim. Maqsadim - yana muvaffaqiyatga erishish. Xans uchun hujumkor chiziqda nemis futbolchilari juda ko'p. Bundan xavotirlanmayman, lekin murabbiyga kerak bo'lganda, albatta shu yerda bo'laman", - dedi futbolchi.
Myuller Germaniya terma jamoasida 2010 yildan buyon to'p tepadi. Shu kungacha 33 yoshli yarim himoyachi Bundestem safida 121 ta o'yin o'tkazib, 44 ta gol urdi.


