Myuller MLSdagi debyut golini 90+14-daqiqada urdi va jamoasiga g'alaba olib berdi

Mirjalol Normatov
24 avg 2025
Tomas Myuller MLSdagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi.

"Vankuver Uaytkeps" xavbeki "Sent-Luis Siti"ga (3:2) qarshi o'yinning 90+14-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, g'alaba goli muallifiga aylandi.

35 yoshli germaniyalik futbolchining debyut golini urishi uchun ikkinchi o'yin etarli bo'ldi. Myuller dastlabki o'yinini "Xyuston Dinamo"ga qarshi o'tkazib, 61-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgandi.



Ma'lumot uchun, "Bavariya" sobiq futbolchisi MLS jamoasiga erkin agent sifatida avgust oyi boshida o'tgandi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia