Myuller: "Bavariya" havo issiqligiga qaramay, "Oklend Siti" bilan o'yinda yayradi"

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025, 13:39
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller "Oklend Siti"ga qarshi o'yinni sarhisob qildi.

"Yaxshi va jiddiy o'yin o'tkazdik, shiddatli o'ynadik. Har bir goldan keyin yana urishni xohlayverdik. Biz shunday farq bilan g'alaba qozonishga haqli edik. Bugun jazirama issiqqa qaramay, maydonda yayradik. Yaxshi stadion, ajoyib maydon. Xuddi shu ruhni saqlab, bugungidek o'ynashda davom etishimiz kerak", – dedi Myuller.

"Bavariya" Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida "Oklend Siti"ni 10:0 hisobida tor-mor etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/iMiaSanMia