

Klub "qizil iblislar" safiga o'tishga sarflangan pullarning bir qismini qaytarmoqchi, shu sabab o'yinchini maksimum yuqori narxga sotishga urinadi. Klub shuningdek o'yinchining yillik 7 mln evro atrofidagi maosh miqdorini iqtisod qilmoqchi va uni boshqa maqsadlarga yo'naltirmoqchi.
Hujumchining o'rniga asosiy da'vogar sifatida "Kristal Pelas" vingeri Maykl Olise ko'rilmoqda, ammo klub boshqa ehtimoliy nomzodlarni ham ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Antoni Angliya klubiga "Ayaks"dan 2022 yilning yozida 95 mln evro evaziga o'tgandi.




