

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Alexandro Garnacho bilan bog'liq yakuniy qarorni qabul qildi. Bu haqda UtdPlug xabar berdi.
Unga ko'ra, "qizil iblislar" chap qanot vingerini 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati uchun Argentina termasi ixtiyoriga qo'yib yubormaydi.
Garnacho asosiy jamoa bilan birgalikda iyun oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Avvalroq hujumkor yarim himoyachining o'z mamlakatida o'tkaziladigan mundialda ishtirok etish uchun Angliya kubogi finalidan voz kechmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Argentina mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatida Xaver Maskerano shogirdlari O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.



