MYU Vegorst bilan og'zaki kelishib oldi. "Beshiktosh" futbolchiga o'rinbosar topsagina, kelishuv rasman amalga oshadi

Administrator
11 yanv 2023, 00:45
Vaut Vegorst MYUga o'tish arafasida.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Vaut Vegorst va "Manchester Yunayted" klubi o'zaro og'zaki kelishuvga erishishgan. "Byornli" klubi Vegorstni MYUga ijara asosida beradi.

Hozirgi vaqtda Vaut Vegorst "Beshiktosh" safida ijara asosida o'ynab kelmoqda. Turk klubi futbolchiga o'rinbosar topsagina, uni qo'yib yuboradi. Shunday holatda "Beshiktosh" Vegorst boshqa klubga o'tgani sabab 3 mln evro miqdoridagi kompensaciyani oladi. 

Ma'lumot uchun, Vegorst Turkiya chempionatida 8 ta gol va 4 assist qayd etib turibdi.  

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano