

Joze Mourinyu o'rniga kelgan norvegiyalik mutaxassis avvaliga vaqtinchalik murabbiy sifatida ko'rilgan edi, ammo mankunianlarning muvaffaqiyatli o'yini vaziyatni o'zgartirdi. "Manchester Yunayted" Sulsher qo'l ostida 12ta g'alabaga erishdi, 2ta durang qayd etdi va Chempionlar ligasida PSJga mag'lub bo'ldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar jamoaning doimiy bosh murabbiyi nomini mavsum oxiridagina e'lon qilmoqchi, biroq MYU rahbariyatida bu joy uchun Sulshyerdan boshqa nomzod yo'q. MYU egalari 46 yoshli mutaxassisning ishidan mamnun.



