MYU Marsyal bilan 50 mln funt evaziga xayrlashadi, unga "Inter" qiziqmoqda

Alisher
9 avg 2021, 18:24
"Manchester Yunayted" hujumchi Antoni Marsyalni 50 million funt sterlingga sotishga tayyor.

Fransiyalik futbolchiga "Inter" qiziqish bilidrmoqda. Milanliklar "Chelsi"ga o'tishi mumkin bo'lgan Romelu Lukaku jamoani tark etsa, transferni amalga oshirishga tayyorlar.

Oldinroq xabar berilganidek, 25 yoshli forvard "Tottenxem"ning ham qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Marsyal o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun