Mourinyuning "Tottenxem”dagi omadsiz seriyasi boshlandi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2020, 21:20
Angliya Kubogi 1/32 finali doirasida o'tkazilgan “Midlsbro” – “Tottenxem” o'yinida (1:1) durang natija qayd etildi.

G'olib nomi takroriy bahs, yani, javob o'yinidan keyin ma'lum bo'ladi.
Joze Mourinyu shogirdlari qatorasiga uchinchi o'yinda raqibni enga olishmadi. APL doirasida o'tkazilgan “Norvich” bilan uchrashuvda ham murosa (2:2) yo'li tanlangan bo'lsa, “Sautgempton”ga qarshi bahsda minimal hisobdagi (0:1) mag'lubiyat qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, “shporlar” Premer-liganing 21 turidan keyin 30 ochko to'plagan holda 6-o'rinda borishmoqda.  

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta