
Endilikda yurtimiz futbol muxlislari ko'hna qitaning eng nufuzli klublar o'rtasidagi musobaqalarini aynan mazkur telekanal orqali kuzatib borishlari mumkin.
Bundan tashqari, telekanal rahbariyati Yevropaning TOP chempionatlarini ham namoyish etish ustida ish olib bormoqda. Ayni vaqtda ushbu milliy birinchiliklar translyatsiya huquqini qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda – agar kelishuvlar muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi mavsumda tomoshabinlarni yanada katta futbol bayrami kutadi.