Mourinyuga "Barselona" futbolchisi kerak

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022, 11:02
"Roma" tarkibni kuchaytirish yo'llarini qidirmoqda.

"Barselona" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.



"Roma" kataloniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Calciomercato". Belerinning "Barselona" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yozda Belerinni tekinga qao'lga kiritishga umid qilmoqda.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklar safida La Ligada 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato