Mourinyu yozda "Roma" yarim himoyasini kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 mar 2022, 21:06
Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu tarkibga o'zgartirish kiritish haqida bosh qotirmoqda.

Xabarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis yarim himoya chizig'idan unchalik mamnun emas. Yarim himoyachilar orasida murabbiy faqat Lorenco Pellegriniga to'liq ishonadi.

Jordan Veretu, Brayan Kristante, Genrix Mxitaryan va "Portu"dan ijaraga olingan Serjiu Oliveyraning klubdagi kelajagi hozircha so'roq ostida.

"Roma" hozirgi paytda A Seriyada 5-o'rinda bormoqda. Bundan tashqari, "bo'rilar" Konferenciyalar Ligasi 1/4 finaliga yo'l olishgan

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato