Mourinyu: "Agentim "Vulverxempton" uchun yaxshi ishladi"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 15:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Vulverxempton"ga qarshi bo'ladigan APLning 6-tur uchrashuvdan oldin yozda "bo'rilar"ga yordam bergan agenti Jorje Mendesh ishi haqida fikr bildirdi.

"To'g'risini aytsam, Mendesh bilan muloqot qilmaganimga ancha bo'ldi. Biz ish haqida suhbatlashmaymiz, u faqat mening agentim. Jorje "Vulverxempton" uchun yaxshi ishladi deb o'ylayman. Bu gaplarni jamoada portugaliyaliklar ko'pligi uchun emas, tarkib to'g'ri yig'ilgani tufayli aytyapman. "Vulverxempton" tarkibida barqaror o'yin ko'rsatayotgan yosh va tajribali futbolchilar bor" - deydi Mourinyu.

"Manchester Yunayted" - "Vulverxempton" uchrashuvi bugun "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports Mole