

O'yindan so'ng "Respublika FA" bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda o'yindan ham, hisobdan ham ko'nglim to'ldi. To'p nazorati ham bizda bo'ldi. Raqibga yaxshi bosim qildik va imkoniyatlardan foydalandik. Ikkinchi taymda xotirjamlikka berildik, raqib bundan foydalanib hujumga zo'r berdi. Ular ko'pchilik bo'lib hujumga o'tganda bizni ancha shoshirib qo'yishdi. Ikkinchi bo'lim boshida o'tkazib yuborilgan gol vaziyatni biz uchun og'irlashtirdi. Issiq ob-havoda o'ynadik, bu ham ta’sir qildi. Eng muhimi, g'alaba qozondik.
- O'yinning soat 16:00ga belgilanishini normal deb hisoblaysizmi?
- Menimcha, sharoitdan kelib chiqib shu vaqtga qo'yilgan bo'lsa kerak. Birinchi marta soat 16:00da o'ynamayapmiz. Ko'p o'yinlarni shu vaqtda o'tkazganmiz. Futbolchilar esa har qanaqa holatga moslashishi kerak.
- Standartlar yaratish va foydalanishni qanday baholaysiz?
- To'g'ri, doim ham standartlarni golga aylantira olmayapmiz. Muhimi, xavfli vaziyatlar bo'lyapti. Bu o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q. Barchasi mashg'ulotlardagi reja bo'yicha ketyapti.
- Raqib bugun bosh murabbiysiz o'ynadi. Bu sizga engillik berdimi?
- O'ylashimcha, raqib jamoada yordamchi murabbiylar ham, futbolchilar ham professional. Nima sababdan bosh murabbiy ishtirok etmaganini bilmayman. Balki bu yigitlarga motivaciya bo'lgandir. Aytib o'tganimdek, ikkinchi taymda raqib ancha qo'shdi va bu o'rinda bosh murabbiyning yo'qligi bilinmadi. To'g'ri, bosh murabbiy bo'lgani boshqa, lekin bugun raqib o'yinchilari borlarini berib o'ynashdi.



