Mourinyo: "Mendan Pogba haqida so'rashdi, aslida Maktominey haqida gapirish kerak edi"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2018, 13:28
Joze yosh futbolchining o'yinidan mamnun.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey kecha YCHL o'yinida yana asosiy tarkibda maydonga tushdi. "Sevilya"ga qarshi bahs (0:0)dan keyin Joze Mourinyo bu haqda fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yindan oldin menga Pogba haqida savol berishdi, aslida esa Maktominey borasida so'rashlari kerak edi. Skott qoyilmaqom va "Sevilya"ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdi. U raqibning asosiy pleymeykeri bo'lgan Banegaga bosim o'tkazib turdi", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com