Mourinyo Manchester derbisi haqida: "Ertasi kuni maktabdagi bolalarga qiziqarli bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
9 dek 2017, 19:07
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Manchester Siti"ga qarshi oldinda turgan o'yin haqida gapirib o'tdi.

"O'ylaymanki, har qanday shahar va mamlakatda derbilarni deyarli bir xil his etishadi. Qizig'i, bitta shahar odamlari turli ranglardagi libosni kiyishadi. O'ylashimcha, ertasi kuni maktabdagi bolalarga qiziqarli bo'ladi. Agar siz buni to'g'ri yo'ldan qabul qilsangiz, derbi - bu yaxshi.

O'ylashimcha, ertasi kuni maktabdagi bolalarga qiziqarli bo'ladi.

Futbolda oldindan aytib bo'lmaydi. Men murabbiyman va o'yinga reja tuzishim mumkin, lekin ularning hammasi amalga oshmaydi. Ko'p narsalar o'yinni teskari yo'nalishda burib yuborishi mumkin.

Menga derbi shahar uchun o'ziga hos jihat ekanligini tushuntirish shart emas. Shahar aholisi uchun bu muhim qarama-qarshilik.

Bu mamlakatning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'yin. Biz o'tgan mavsumga qaraganda kuchli bo'ldik, lekin "Siti" ham", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com