Mourinyo Keynning jarohati borasidagi savolga o'z uslubida javob qaytardi

Tolibjon Qosimov
27 okt 2017, 20:59
Ertaga Angliya Premer-ligasida 10-tur bellashuvlariga start beriladi.

Tur markaziy o'yin bilan boshlanadi. "Old Trafford"da "Tottenxem" mehmon bo'ladi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo jarohat sabab bellashuvni o'tkazib yuboradigan "shporlar" hujumchisi Xarri Keyn haqidagi savolga o'z uslubida javob qaytardi.

"Men jarohat olgan futbolchilar haqida gapirmayman. Bizda Zlatan, Pogba, Fellayni, Roxo va Kerrik yo'q. Shunday ekan, menga Xarri Keyn haqida gapirmang", - dedi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com