Mourinyo: "Chelsi" Lempard bilan xayrlashib, to'g'ri qarorga keldi"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2014, 15:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, Frenk Lempard bilan xayrlashganidan afsusda emas.

Eslatib o'tamiz, Lempard hozirda "Manchester Siti"da ijara asosida to'p tepmoqda.

"Lempard ketganidan afsusdamanmi? U klubni erkin agent sifatida tark etdi va nima bilan shug'ullanishni o'zi hal qiladi. Bizda Fabregas, Matich va Boga ("Chelsi" yoshlar jamoasi yarim himoyachisi) bor. Ular keyingi 10 yil ichida klubimiz yuzi bo'ladi. Frenk bilan xayrlashib to'g'ri kildik.

Siz Drogba va Terrini ko'rsatib men bilan bahslashishingiz mumkin. Ammo bu boshqa hikoya. Drogba - hujumchi va u jamoaga yordam berish uchun qaytdi. Terri - esa ingliz futbolidagi eng yaxshi markaziy himoyachi. Uning yoshi katta ahamiyatga ega. Lempard bizning yoshlarga o'sishiga halaqit berayotgan edi" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com