

MYU 21 may kuni "Old Trafford"da "Kristal Pelas"ni qabul qiladi. Portugaliyalik bahsni 20 mayga ko'chirishni so'ragan edi, ammo rad etildi.
"Hech qachon liga evrokuboklarda o'ynaydigan jamoaga yordam bermagan. "Chelsi"da ishlaganimdan xuddi shunday bo'lgan. O'yinni ko'chirishni so'rash - bu oldindan yutqazilgan jang.
"Old Trafford"da muxlislar bizni qo'llashadi degan umiddaman. Ellardays do'stligini ko'rsatadi deb o'ylayman va "Kristal Pelas" xotirjam o'ynashiga umid qilaman" - deydi Mourinyo.
"Manchester Yunayted" 24 may kuni "Ayaks"ga qarshi Yevropa ligasi final bahsida maydonga tushadi.



