Mourinyo: "70 000 tomoshabin qarshisida bizga oson bo'lmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2022, 08:42
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Konferenciyalar ligasi doirasida "Lester"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz to'pni osonlik bilan yo'qotdik va qarshi hujum uyushtirish qiyin bo'ldi. Bu biroz amalga oshmadi. Biz tashkiliy tomonlama yaxshi harakat qildik, pressing uyushtirdik, o'zimiz istaganimizdek o'ynadik. Ammo vaqti-vaqti bilan sermahsullikni yo'qotdik. 

Ishonamanki, "Roma"ning o'yinni kuzatgan muxlislari qarama-qarshilik taqdiri "Olimpiko"da hal bo'lishidan mamnun bo'lishadi. 70 000 tomoshabin qarshisida ham bizga oson bo'lmaydi. 

Yakshanba kuni "Bolonya" bilan o'yin bor. Ular yaxshi o'ynayapti va g'alaba qozonmoqda. "Lester"dan farqli ravishda biz A Seriyaga e'tiborimizni qaratib, beshinchi o'rinni qo'lga kiritishga urinishimiz kerak. Ularda hozir Evrokuboklarda qatnashish uchun imkoniyat yo'q. 

Endi uch kun yarim final haqida unutib, "Bolonya"ga e'tiborimizni qaratishimiz lozim", - dedi Mourinyo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA