

"The Sun" xabariga ko'ra, mutaxassis 2019 yilda jamoa bilan shartnomasi yakunlanadigan himoyachilar Eshli Yang va Lyuk Shou, shuningdek, yarim himoyachilar Xuan Mata va Ander Errerani jamoada olib qolishni istamoqda. U bu borada rahbariyatga murojaat bilan chiqqanligi ham aytilmoqda.
Shu o'rinda portugaliyalik mutaxassis Antoni Marsyal jamoaga kerak emasligini, u rejalardan tashqarida qolganini ham ma'lum qilgan.



