Mourinyo 2,3 million evro bonus olishi mumkin, agar...

“Tottenhem”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo'li ostida jamoa mavsum yakuniga ko'ra jamoasini YCHL 2020-21ga yo'l olsa, u holda portugaliyalik mutaxassis yaxshigina bonus summasini qo'lga kiritishi mumkin, deya xabar bermoqda Sun nashri.

Nashr manbasining xabariga ko'ra, London klubi rahbariyati agar Mourinyo jamoa bilan keyingi mavsumda YCHL da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritsa, u holda Jozega 2,3 millioen evro miqdorida bonus pullarini to'lab berishga tayyor.

Ayni paytda APL 12- turidan keyin “Tottenhem” 14 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Jamoa YCHLga yo'llanma beruvchi pog'onada borayotgan jamoadan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo 20 noyabr kuni “Tottenhem”ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoani 2014-15 yilga mavsumdan buyon boshqarib kelayotgan Maurisio Pochettino esa iste'foga chiqarildi.


Manba: The Sun