Modrich yillik maoshi 80 mln. evro bo'lgan taklifni emas, "Real"da qolishni xohlayapti

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2023, 21:17
Luka Modrich Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" yarim himoyachisi "Al Ahli"dan taklif bo'lishiga qaramay, kelasi mavsum Madrid klubida o'ynamoqchi. Saudiyaliklar futbolchiga har mavsum 80 mln. evro to'lashga tayyor.

Futbolchining o'zi faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi. Millatlar ligasi o'yinlaridan so'ng Modrich "Real" qarorgohiga qaytib, shartnomasini 1 yilga uzaytiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca