Modrich: "Man Siti"ga qarshi kambek – eng qiyini, PSJ bilan o'yindagisi – eng zo'ri"

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2022, 13:37
Luka Modrich "Real"ning Chempionlar Ligasidagi kambeklari haqida gapirdi.

"Bernabeu"da Chempionlar Ligasi o'yinlarida nimalar bo'lishini gap bilan tushintirish qiyin. Bu chinakamiga mo'jiza. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz va oxirigacha kurashamiz, sababi "Real" bizni shunga o'rgatadi. Bu yerda final hushtagi chalinmaguncha taslim bo'lish mumkin emas.

Buni gap bilan tushuntirish qiyin, ayniqsa bu yildagi kabi ko'plab sehrli kechalardan keyin. Umid qilamanki, Madridda doim shunday bo'ladi.

Eng qiyin kambek – "Man Siti"ga qarshi. Vaqt deyarli qolmagandi, ammo jamoa va muxlislar oxirigacha ishonishdi, chunki klubimiz DNKsi shunaqa. Va biz buni uddaladik. Eng quvnoq kambek esa PSJga qarshi bo'ldi. Bu shunchaki aqlbovar qilmas 15-20 daqiqa edi.

PSJga qarshi o'sha o'yin bizni Parijga etaklab kelgan mo'jizali kechalarning birinchisi edi. Umid qilaman, Chempionlar Ligasini yana bir bor yutamiz", – dedi Real" yarim himoyachisi.







O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia