Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etmaydi
Narzulla Saydullayev
8 yanv 2016, 08:40
Futboldan 8 yilga chetlatilgan Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun saylovlarda o'z nomzodini qaytarib oldi.
Francuz The Associated Press nashriga FIFA etika qo'mitasi tomonidan qo'yilgan ayblovga apellyaciya berishini ma'lum qildi. Biroq 26 fevraldagi FIFA prezidentligi uchun saylovlarda qatnashmasligini aytib o'tdi. U o'zining aybsizligini isbotlamoqchi.