Mish-mish - emasmish! FIFA “So'g'diyona”ga murojaat bilan chiqdi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2014, 15:15
Oliy liganing 19 va 21-turlaridan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” hamda “So'g'diyona” – “Metallurg” uchrashuvlarida qayd etilgan 5:4 hisoblari ko'pchilikni ajablantirish bilan bir qatorda etirozlarda hamda gumonlarga sabab bo'ldi.
Sababi, murabbiylarning o'zi Zomindagi stadionda futbol o'ynab bo'lmaydi deb turgan bir vaziyatda jizzaxliklar ikki uchrashuvda raqiblar darvozasini 10 marta ishg'ol qilishi ajablanarli holat. Vaholanki, bu stadionda chempionlikni ko'zlayotgan, tarkibida tajribali futbolchilar to'p suradigan “Lokomotiv” 2tagina gol urgandi. “Neftchi” umuman golsiz qaytgan. Xo'p, jizzaxliklar mezbon sifatida maydonga ko'nikib olgan dersiz, unda “Navbahor” va “Metallurg” futbolchilarichi?

Demak, mazkur jamoalar tarkibida to'p surayotgan futbolchilar mahorat bobida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf” a'zolaridan o'tib kyetibdi-da! Endi terma jamoalarimiz tarkibini yoppasiga “So'g'diyona”, “Metallurg” va “Navbahor” futbolchilari bilan to'ldirsak bo'laverar ekan-da!?

Xullas, aytishlaricha, bu uchrashuvlar FIFAning ham e'tiborini tortgan va bellashuv yozilgan diskni so'ragan. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Bu yog'iga klublarimiz o'ylab ish tutadi degan umiddamiz.

Albatta bularning barchasi mish-mish, ammo mish-mish bo'lmasligi ham mumkin! Aytishadiku, shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi deb!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: arena.uz